Live
1
O'zbek

Flik «Sabah»ga qarshi bahs oldidan futbolchilaridan yuqori shiddat kutmoqda

Futbol
24 noyabr, 22:30
«Barselona» bosh murabbiyi raqibning Chempionlar ligasidagi debyuti jamoaga qo‘shimcha motivatsiya berishini ta’kidladi.
Flik «Sabah»ga qarshi bahs oldidan futbolchilaridan yuqori shiddat kutmoqda
Foto: Getty Images
25.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK - : - Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida Ozarbayjonning «Sabah» klubiga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Sabah» Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etmoqda. Shu sababli raqib juda katta ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Biz ham futbolchilarimizdan xuddi shunday fidoyilik va shiddat kutmoqdamiz», — deya Flikning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» vingeri Lamin Yamal o‘ng to‘pig‘idagi noqulaylik sababli ushbu bahsda ishtirok etmaydi. Klub murabbiylar shtabi futbolchiga dam berishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, «Sabah» va «Barselona» o‘rtasidagi bahs 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar