«Real» vingeri Vinisius Junior Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida PSVga qarshi kechgan bahsda (5:1) gol urdi. Braziliyalik futbolchi 87-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu gol Vinisius uchun 26 avgustdan beri «Real» safidagi ilk gol bo‘ldi. O‘shanda u La Liga doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda (4:1) raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. Shu tariqa, futbolchining golsiz seriyasi 11 ta bahsdan so‘ng yakunlandi.
Ma’lumot uchun, Vinisius ushbu mavsumda «Real» safida jami ikkita gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, PSV ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Real» 15 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi turda Joze Mourinio jamoasi «Arsenal» bilan, PSV esa Madridning «Atletiko» klubi bilan bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi