Live
1
O'zbek

Enrike Xvicha va Duening jarohatlaridan keyin «PSJ»dagi vaziyat haqida gapirdi

Futbol
24 noyabr, 21:15
Parij klubi bosh murabbiyi qishki transfer oynasida yangi futbolchi sotib olishni rejalashtirmayotganini bildirdi.
Enrike Xvicha va Duening jarohatlaridan keyin «PSJ»dagi vaziyat haqida gapirdi
Foto: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Roma Roma

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Xvicha Kvaratsxeliya va Dezire Due og‘ir jarohat olganidan keyin klubning transfer siyosati haqida fikr bildirdi. Har ikki futbolchi katta ehtimol bilan ushbu mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

«Biz yig‘lab, nolishimiz kerak deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, jamoamiz bunday ishlamaydi. Bu yuqori darajadagi futbol, jarohatlar esa unda uchrab turadi. So‘nggi uch yil davomida jamoamiz ajoyib matonat namoyish etdi. Biz har safar qiyinchiliklardan keyin tiklana oldik.

Hozir oldimizda murakkab vazifa turibdi. Rivojlanishda davom etish uchun motivatsiyani saqlab qolishimiz kerak. Yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida futbolchi sotib olishimiz shart emas. Yarim mavsumga futbolchi olib kelish bizning uslubimizga xos emas», — deya Enrikening so‘zlarini ESPN nashri keltirdi.

Ma’lumot uchun, Xvicha Kvaratsxeliya 20 oktabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi bahsda (4:2) tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lamini uzib olgandi. Yakshanba kuni esa «PSJ» Dezire Due ham Fransiya chempionatining 11-turida «Nitsa»ga qarshi bahsda (3:2) xuddi shunday jarohat olganini ma’lum qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar