«Milan» rahbariyati Adrien Rabioning yangi shartnomaga imzo chekishini Rojdestvo bayramigacha, qishki transfer oynasi rasman ochilmasidan avval hal qilishni istamoqda.
Hozirda 30 yoshli futbolchining «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning yillik sof maoshi 3,5 million yevroni tashkil etadi.
pianetamilan.it nashri xabariga ko‘ra, yangi kelishuv 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Shartnoma doirasida Rabioning maoshi klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar darajasiga ko‘tarilishi kutilmoqda. U yiliga 5 million yevro sof maosh va bonuslarga ega bo‘lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. «Milan» kelishuvni imkon qadar tezroq rasmiylashtirishga intilmoqda.