Live
1
O'zbek

Gasperini: «Chempionlar ligasida dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynaydi»

Futbol
24 noyabr, 17:24
«Roma» 4 ochko bilan turnir jadvalida 21-o‘rinni egallab turibdi.
Gasperini: «Chempionlar ligasida dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynaydi»
Фото: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Roma Roma

«Roma» Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi uchrashuv o‘tkazish uchun Parijga yo‘l oldi. O‘yindan oldin rimliklar bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Chempionlar ligasining saviyasi shunday. Bu dunyodagi eng muhim musobaqa bo‘lib, unda eng yuqori darajadagi futbol namoyish etiladi. «Real» va «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgani kabi juda yaxshi bahslar o‘tkazishimiz mumkin.

Ammo keyin hal qiluvchi lahzalar keladi va maydondagi dunyoning eng yaxshi futbolchilari uchrashuv taqdirini hal qilishga qodir bo‘ladi. Biz shunday yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rsatishga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki bu bizga ishonch bag‘ishlaydi, rivojlanishimizga yordam beradi va chempionatdagi o‘yinlarimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», - dedi Gasperini.

Ma’lumot uchun, «Roma» 4 ochko bilan turnir jadvalida 21-o‘rinni egallab turibdi. «PSJ» esa o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar