«PSJ» Bilbaoning «Atletik» jamoasi vingeri Niko Uilyamsni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveyra xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parijliklar jarohat olgan Desire Due va Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi futbolchi izlamoqda. Ispaniyalik futbolchi esa jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchining «Atletik» bilan amaldagi shartnomasida tovon puli 90 million yevro etib belgilangan. Uilyamsning Bilbao klubi bilan mehnat shartnomasi esa 2035-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik futbolchi ushbu mavsum La Liga doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq «PSJ» Vinisius transferini amalga oshirishni rejalashtirmayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi