«Arsenal» hujumchisi Kay Haverts faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi «Bavariya»ning transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Germaniya chempioni jarohati tufayli bir necha oyga safdan chiqqan Harri Keynning o‘rnini to‘ldirish uchun hujumchi qidirmoqda.
London klubi Havertsning transferi uchun 75–85 million yevro talab qilmoqda.
Germaniyalik hujumchi ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida 11 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.