Live
4
O'zbek

«Bavariya» bu mavsumda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi

Futbol
25 noyabr, 22:50
    6
Myunxen grandi ketma-ket 17 ta bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.
«Bavariya» bu mavsumda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
Foto: FC Bayern Munich
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Lille Lille 2 : 1 Bavariya Bavariya

Myunxenning «Bavariya» klubi ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.

Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida Fransiyaning «Lill» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu mag‘lubiyat myunxenliklar uchun ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida o‘tkazilgan 18 ta uchrashuvdagi birinchisi bo‘ldi. Bungacha Myunxen grandi ketma-ket 17 ta bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.

Ushbu mag‘lubiyatsiz seriya davomida Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa 11 uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6 ta bahsda raqiblari bilan durang qayd etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 28-noyabr kuni Germaniya chempionatining 11-turi doirasida o‘tkazadi. Myunxenliklar safarda «Hamburg» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Ayni vaqtda myunxenliklar 8 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqich turnir jadvalida 15-o‘rindan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar