«Barselona» va «Manchester Siti» klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Tanaffusim qancha davom etishini bilmayman, ammo hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. O‘ylashimcha, qachondir murabbiylikka qaytsam, faqat vaqti kelganini o‘zim his qilganimdagina shunday yo‘l tutaman. Albatta, kimdir meni taklif qilishni istasa.
Aks holda, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Axir ortda shuncha yil va uchrashuvlar qoldi», — dedi Gvardiola Romario TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi. U manchesterliklarga 10 yil davomida ustozlik qildi.
Avvalroq Gvardiola Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish taklifini rad etganini ma’lum qilgandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi