Live
4
O'zbek

«Roma» ispaniyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi

Futbol
26 noyabr, 04:00
Mario Ermoso Rim klubi bilan 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan yangi bitim imzolashga yaqin turibdi.
«Roma» ispaniyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi
Foto: Getty Images

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, «Roma» markaziy himoyachisi Mario Ermoso yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan tuziladigan bitim 2029-yilgacha amal qilishi kutilmoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027-yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali Ermosoning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Himoyachi ushbu mavsum Italiya chempionatida 11 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar