Live
4
O'zbek

«Barselona» qishda Bastonini transfer qila olmasligi mumkin

Futbol
26 noyabr, 03:15
Kataloniya klubi «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsada, yanvar oyidagi transfer amalga oshishi dargumon.
«Barselona» qishda Bastonini transfer qila olmasligi mumkin
Foto: Getty Images

«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. Kataloniya klubi 2026/2027 yilgi mavsumda barcha sovrinlar uchun kurashish maqsadida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Biroq The Touchline nashri insayder Fabritsio Romano ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «Barselona»ning 27 yoshli italiyalik futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida xarid qilishi juda qiyin.

Ma'lumot uchun, Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali markaziy himoyachining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Italiyalik futbolchi ushbu mavsum A Seriyada 11 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar