Live
4
O'zbek

De Jong «Sabah»ga qarshi o‘yinda aniq paslar bo‘yicha 100 foizlik ko‘rsatkichga erishdi

Futbol
26 noyabr, 01:00
    13
Niderlandiyalik futbolchi uchrashuvda birorta ham noaniq uzatma amalga oshirmadi.
De Jong «Sabah»ga qarshi o‘yinda aniq paslar bo‘yicha 100 foizlik ko‘rsatkichga erishdi
Foto: Imago
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Jong Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan Ozarbayjonning «Sabah» klubiga qarshi uchrashuv (4:1)da to‘p uzatish borasida yuqori aniqlikni namoyish etdi.

Niderlandiyalik futbolchi ushbu bahs davomida 69 ta uzatmani amalga oshirdi va ularning barchasi aniq bo‘ldi. Yarimhimoyachi birorta ham noaniq uzatma amalga oshirmadi.

Bu ko‘rsatkich «Barselona» tarixidagi rekord hisoblanmasa-da, Chempionlar Ligasining bitta uchrashuvida xatosiz amalga oshirilgan uzatmalar soni bo‘yicha kataloniyaliklar tarixidagi eng yaxshi beshta natijadan biri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Frenki de Jong 2019-yildan «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ayni paytda kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 12 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. «Sabah» esa 3 ochko bilan 32-pog‘onada.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar