«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flick Ozarbayjonning «Sabah» jamoasiga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Germaniyalik mutaxassis yirik hisobdagi g‘alabaga qaramay, shogirdlari ayrim vaziyatlarda yo‘l qo‘ygan xatolarga e’tibor qaratdi.
«Natijadan mamnunman. Bunday uchrashuvlar oson kechmaydi. «Sabah»ning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q edi.
Adashmasam, birinchi bo‘limda to‘pga 70 foiz egalik qildik, ammo raqib bosimisiz ham xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda esa raqibga gol sovg‘a qildik.
Shunga qaramay, 3 ochkoni qo‘lga kiritganimizdan va ikkinchi bo‘lim boshida namoyish etgan yuqori o‘yin tempimizdan mamnunman», — dedi Flick uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, bu natijadan so‘ng Flick jamoasi ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sabah» esa 3 ochko bilan 33-pog‘onada.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi