Live
11
O'zbek

Flik Chempionlar ligasida rekord o‘rnatdi

Futbol
25 noyabr, 15:25
Avvalgi rekord Pep Gvardiolaga tegishli edi.
Flik Chempionlar ligasida rekord o‘rnatdi
Фото: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik Chempionlar ligasi tarixida yangi rekord sohibiga aylandi.

Kataloniya klubi turnirning 5-turi doirasida Ozarboyjonning «Sabah» klubini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Flik qo‘l ostidagi jamoalarning Chempionlar ligasida urgan gollari soni 150 taga yetdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis bu natijaga musobaqa tarixidagi barcha murabbiylar orasida eng tez erishdi. Buning uchun unga atigi 49 ta uchrashuv kifoya qildi.

Avvalgi rekord Pep Gvardiolaga tegishli edi. Uning jamoalariga 150 ta gol urish uchun 65 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2024-yilning yozida «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Unga qadar mutaxassis «Bavariya»ni boshqargan va 2020-yilda myunxenliklar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar