Superliga yakuniga ikki tur qolgan bir paytda rossiyalik darvozabon Aleksey Kozlov musobaqaning eng ko‘p pas bergan kiperi bo‘lib turibdi.
Kozlov ushbu mavsumda jami 669 ta pas amalga oshirgan. Ularning 83 foizi aniq manzilga yetib borgan.
Mazkur reytingning kuchli beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Aleksey Kozlov («Lokomotiv») — 669 ta pas;
Abduvohid Ne'matov («Nasaf») — 549 ta pas;
O‘tkir Yusupov («Navbahor») — 536 ta pas;
Farhod Raxmatov («Qizilqum») — 432 ta pas;
Botirali Ergashev («Neftchi») — 417 ta pas.

Foto: Lokomotiv