Live
10
O'zbek

«Lokomotiv» o‘z tarixida 4-bor O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi

Futbol
24 noyabr, 11:34
Jamoa avvalgi uchta finalning barchasida g‘olib chiqqan.
«Lokomotiv» o‘z tarixida 4-bor O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston kubogining final juftligi ma’lum bo‘ldi. Yarimfinal bahslarida «Navbahor» va «Lokomotiv» raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi o‘yin yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Lokomotiv» Olmaliqda «Andijon» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha vaqtda toshkentliklar Muhammadali Reimov va Temurxo‘ja Abduxoliqovning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

Final bahsini 10-dekabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu tariqa, «temiryo‘lchilar» o‘z tarixida 4-bor mamlakat kubogi finaliga chiqdi. Bungacha jamoa 3 bor finalda o‘ynagan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Xususan, 2014-yilda jamoa «Bunyodkor» bilan bellashib, qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga ilk bor g‘olib bo‘lgan. 2016-yilda «Nasaf»ni, 2017-yilda esa yana «Bunyodkor»ni hal qiluvchi bahsda yengib, sovrinni qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal
Andijon – Lokomotiv 0:2

Gollar: Muhammadali Reimov (98), Temurxo‘ja Abduxoliqov (109)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar