Shveytsariyada o‘zbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Dommaraju Gukesh o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahs boshlandi. 14 partiyadan iborat matchda sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Agar g‘olib tay-brekda aniqlansa, g‘olib 1,3 million dollar, mag‘lub esa 1,2 million dollar mukofot puliga ega bo‘ladi.
Match oldidan O‘zbekiston vakilining yana bir ustunligi bor. Javohir Sindorov va Dommaraju Gukesh shu paytgacha klassik vaqt nazoratida 3 marta uchrashgan. Sindorov 2 partiyada g‘alaba qozongan, yana bittasi durang bilan yakunlangan. Demak, umumiy hisob 2,5:0,5 — o‘zbekistonlik grossmeyster foydasiga.