Live
4
O'zbek

«Bornmut» «Latsio» yarimhimoyachisini transfer qilmoqchi

Futbol
26 noyabr, 05:50
Angliya klubi Kennet Teylorni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Bornmut» «Latsio» yarimhimoyachisini transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Latsio» safida to‘p tepayotgan 24 yoshli yarimhimoyachi Kennet Teylor Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchiga «Bornmut» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi niderlandiyalik futbolchining transferini yozgi transfer oynasida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Teylor ushbu mavsum Rim klubi safida 13 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Latsio» bilan shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali yarimhimoyachining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar