Live
4
O'zbek

«Napoli» darvozabon bilan xayrlashishi mumkin

Futbol
26 noyabr, 06:10
Aleks Meret bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
«Napoli» darvozabon bilan xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

«Napoli» darvozaboni Aleks Meret klubni tark etishi mumkin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borgan, biroq muloqotda kelishuvga erishilmagan.

Bundan tashqari, 29 yoshli darvozabonning jarohati ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. U mashg‘ulot vaqtida shikastlanib, noma’lum muddatga safdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, Meretning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik darvozabon ushbu mavsum A Seriyada 7 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol o‘tkazib yubordi. U ikki o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar