Bugun
59
O'zbek

«Barselona» «Arsenal» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
26 noyabr, 07:00
Ispaniyalik futbolchi uchun «Inter» va «Fenerbahche» ham kurashga qo‘shilgan.
«Barselona» «Arsenal» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» markaziy himoyachisi Kristian Moskera Ispaniya chempionatining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Barselona» 22 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha harakatlarni boshlagan. Kataloniyaliklarga Moskera uchun kurashda Italiyaning «Inter» hamda Turkiyaning «Fenerbahche» klublari raqobat qilmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyaliklar Kristian Moskerani ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. «Arsenal» ham bunday variantga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, himoyachi o‘tgan yilning yozidan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar