Live
3
O'zbek

«Man Siti» Kovachich bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
26 noyabr, 07:10
Xorvatiyalik yarimhimoyachi qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
«Man Siti» Kovachich bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachi Mateo Kovachich bilan qishki transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchiga «Yuventus», «Milan» va «An Nasr» klublari qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistoni klubi futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolashga tayyor. «Shaharliklar» esa yanvar oyida Kovachichni sotishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli yarimhimoyachi 2023 yilning yozida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan. Uning Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Kovachichning transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar