Milan shahrining «Inter» klubi braziliyalik himoyachi Karlos Augusto bilan yangi shartnoma imzoladi.
«Neradzurri» matbuot xizmati xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi klub bilan kelishuvini 2031 yilning o‘rtalarigacha uzaytirgan. Avvalgi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan edi. Yangi bitimga muvofiq, futbolchining maoshi ham oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Karlos Augusto 2024 yilning yozida «Monza»dan «Inter»ga ko‘chib o‘tgan. Bungacha u bir mavsum davomida milanliklar safida ijara asosida to‘p tepgan.
Bu mavsumda Augusto Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.