Qatar maydonlarida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 3-tur o‘yinlari davom etmoqda. Tojikiston o‘smirlar jamoasi Senegalga qarshi bahs olib bordi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.
Doha shahridagi «Aspire Zone» sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tojikistonliklar safida Mehrubon Odilzoda gol muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, guruh bosqichidagi uchta uchrashuvdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan Tojikiston U-17 jamoasi jahon chempionatining 1/16 final bosqichiga chiqishni kafolatladi.
JCh. U17
F guruhi. 3-tur
Tojikiston — Senegal 1:1
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi