«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne bir nechta klubning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, PSV, «Everton», «Kristal Pelas» va «Fulhem» jamoalari belgiyalik 35 yoshli futbolchini o‘z tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Biroq «Napoli» qishki transfer oynasida De Bryuyne’ni jamoada saqlab qolish niyatida.
Ma’lumot uchun, Kevin bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Futbolchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.