«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola yarimhimoyachi Florian Virts va hujumchi Aleksandr Isakning o‘zaro hamkorligi haqida fikr bildirdi.
«Hozirda Aleks va Flo yaxshi formada. Ular jamoaga yaxshi o‘yin namoyish etish va natijaga erishishda yordam bermoqda. Jamoa umuman olganda yaxshi futbol namoyish etayotganida, vaziyat biroz yaxshiroq ko‘rinadi», — deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi Liverpool News.
Ushbu mavsumda Florian Virts barcha musobaqalar doirasida 17 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan. Aleksandr Isak hisobida esa 16 ta o‘yin, 10 ta gol va bitta golli uzatma mavjud.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» APLning 11-turidan so‘ng 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.