Live
2
O'zbek

Yevropa Ligasi. «Milan» superkambek evaziga «Olimpiakos»dan ustun keldi

Futbol
26 noyabr, 14:39
    1
«Milan» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 21-o‘ringa ko‘tarildi.
Yevropa Ligasi. «Milan» superkambek evaziga «Olimpiakos»dan ustun keldi
Фото: Getty Images

Yevropa Ligasi 5-turida «Milan» safarda «Olimpiakos» bilan bahs olib bordi. Unda Ruben Amorim jamoasi superkambek evaziga g‘alaba qozondi. Dastlab gretsiyaliklar raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Keyinchalik Hatchinson, Sisse, Pulishich va Moreyra «rossoneri» safida gol urib, jamoaga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Milan» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 21-o‘ringa ko‘tarildi. «Olimpiakos» esa 10 ochko bilan 7-pog‘onada.

Yevropa Ligasi. 5-tur
Olimpiakos – Milan 2:4
Gollar:
Menyan 31 avtogol, Jota Silva 49 – Hatchinson 56, Sisse 63, Pulishich 71, Moreyra 90+5.
Olimpiakos
– Ortega, Smailovich, Pirola, Retsos (Toufakis, 82), Bruno, Pedersen (Saliakas, 67), Silva, Sa, Freyler, Jelson (Fortounis, 72), Gonzalez (Yaremchuk, 67), Pedersen.
Milan – Menyan, Diavara (Terachchiano, 67), de Vinter(Tomori, 53), Xila, Yashari, Moreyra, Rabio, Esturinyan (Musa, 46), Sisse (Komotto, 85), Hatchinson, Ramush (Pulishich, 46).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar