Live
6
O'zbek

Mbappe «Lill» bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
27 noyabr, 23:00
Yangi kelishuv 2029-yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.
Mbappe «Lill» bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: LOSC

Fransiyaning «Lill» klubi jamoa vingeri Etan Mbappe bilan amaldagi shartnomasini uzaytirganini rasman e’lon qildi.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kiliyan Mbappening ukasi bo‘lgan 19 yoshli fransiyalik futbolchi bilan imzolangan yangi kelishuv 2029-yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Shu tariqa, yosh futbolchi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, kichik Mbappe joriy mavsumda Liga 1 doirasidagi 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Eslatib o‘tamiz, Etan ham akasi singari «PSJ» safida to‘p tepgan. U 2024-yilning yozida Parij klubini erkin agent sifatida tark etib, «Lill» safiga qo‘shilgandi.

Kiliyan Mbappe esa o‘sha yili faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishga qaror qilgandi.

Avvalroq Etan Jazoir milliy jamoasi sharafini himoya qilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar