«Lill» futbolchisi Etan Mbappe Jazoir milliy jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Jazoir futbol federatsiyasi Kilian Mbappening ukasini milliy jamoaga jalb etmoqchi. Bungacha Zinedin Zidanning o‘g‘li Luka Zidan ham sport fuqaroligini o‘zgartirib, Jazoir milliy jamoasi safida debyut qilgan edi.
18 yoshli Etan onasi Fayza Lamarinining jazoirlik qarindoshlari tufayli ushbu mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega. Hozirda u «Lill» yarimhimoyachisi bo‘lib, Fransiya U-19 jamoasi safida ham o‘yin o‘tkazgan.