Argentina milliy jamoasi va «Boka Xuniors» klubining sobiq hujumchisi Karlos Tevesning xayrlashuv uchrashuvida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bir jamoa safida maydonga tushmaydi.
Bunga qadar argentinalik sobiq futbolchining o‘zi ikki yulduz birga to‘p surishini ma’lum qilgandi.
«Inter Mayami»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi arab tilida yuritiladigan sahifasi xabariga ko‘ra, bunga portugaliyalik futbolchining klub miqyosidagi o‘yini sabab bo‘ladi. 20-dekabr kuni Ronaldu «An-Nasr» safida Saudiya Arabistoni Superkubogi yarimfinali doirasida «Al Holud»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Quvaytda bo‘lib o‘tadi.
Tevesning xayrlashuv bahsi esa 2026-yil dekabr oyida Buenos-Ayres shahridagi «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Teves faoliyati davomida Ronaldu bilan «Manchester Yunayted»da, Messi bilan esa Argentina milliy jamoasida birga to‘p surgan.