Bugun, 28-noyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 29-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahslar yakuniga yetgach, chempionlik masalasi hal bo‘lishi mumkin. Turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Farg‘onaning «Neftchi» klubi Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qilsa, 59 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan «Paxtakor» safarda «Qizilqum»ga qarshi bahs olib boradi. Ikki bellashuv ham parallel tarzda soat 16:15 da start olishi ko‘zda tutilgan.
O‘zPFL rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, «Neftchi»ni chempionlikdan atigi bir ochko ajratib turibdi. Ya’ni «Paxtakor»ning natijasidan qat’i nazar, farg‘onaliklarga durang ham kifoya qiladi. Shu munosabat bilan chempionlik kubogi Farg‘onadagi «Istiqlol» stadioniga olib boriladi.
Superliga. 29-tur
28-noyabr
16:15. «Neftchi» — «Dinamo»;
16:15. «Qizilqum» — «Paxtakor».
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi