Live
5
O'zbek

Muxlislarga nomaqbul harakat qilgan Yusupov, maydonga kech tushgan «Neftchi» — Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

Futbol
27 noyabr, 03:29
    10
PFL Superligadagi qoidabuzarliklar bo‘yicha navbatdagi qarorlarni ma’lum qildi.
Muxlislarga nomaqbul harakat qilgan Yusupov, maydonga kech tushgan «Neftchi» — Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari
Foto: FC Navbahor

PFL Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi qarorlarini e’lon qildi.

«Shu yilning 24-noyabr sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi, Pro liga, U-21 chempionati hamda U-19 chempionati o‘yinlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga
«Navbahor» — «Neftchi»


Superliga 28-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Neftchi» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 41-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Vladimir Yovovich to‘p uchun kurashda tirsagi bilan raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Neftchi» futbolchisi Vladimir Yovovichga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

«Paxtakor» — «Neftchi»

Superliga 25-turi doirasidagi o‘yin komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan «Neftchi» klubining shifokori o‘rniga uchrashuv rasmiy qaydnomasiga kiritilmagan boshqa shifokor zaxira o‘rindig‘idan joy olib, uchrashuv mobaynida xizmat ko‘rsatgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan «Neftchi» klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Qo‘qon-1912» — «Qizilqum»

Superliga 26-turi doirasidagi o‘yin komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, uchrashuv qaydnomasiga «Qo‘qon-1912» futbol klubi rasmiy e’tiroz kiritmagan bo‘lsa-da, matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov hakamlik va tashkilotchilik bo‘yicha e’tirozlarini bildirgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Shipilovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Dinamo» — «Andijon»

Superliga 25-turi doirasidagi o‘yin komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra «Andijon» futbolchisi Aleksandre Andronikashvili o‘yin davomida chigalyozdi mashqlarni bajarish vaqtida mashg‘ulotlarga ajratilgan maxsus joyda shug‘ullanmay, maydon yaqinidagi burchak bayrog‘i oldida mashq qilgani va unga uchrashuv hakami ogohlantirishiga qaramasdan, futbolchi maxsus joyga o‘tmagani, uchrashuv komissari ham ushbu holatga aralashib, «Andijon» klubi vakillarini bir necha bor ogohlantirganiga qaramasdan, futbolchi bu talabni mensimay, o‘z joyini o‘zgartirmagani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan «Andijon» futbolchisi Aleksandre Andronikashviliga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Neftchi» — OKMK

Superliga 27-turi doirasidagi o‘yin komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv avvalida «Neftchi» klubi uchrashuv o‘tkazish tartibiga (Countdown) muvofiq belgilangan vaqtda tunnelga chiqib kelishda 5 daqiqa kech qolgani, oqibatda uchrashuv 2 daqiqa kech boshlanganiga sabab bo‘lgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 54-moddasiga asosan «Neftchi» klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Navbahor» — «Neftchi»

Superliga 28-turi doirasidagi o‘yindan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra uchrashuvni tashkil qilishda «Navbahor» klubi qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, uchrashuv yakuni arafasida mezbon jamoa maydon atrofidagi to‘plarni namoyishkorona yashira boshlagani, uchrashuv komissarining mazkur holatni to‘xtatish bo‘yicha talablari bajarilmagani, o‘yin yakunlangach, maydonga akkreditatsiyaga (maxsus ruxsatnoma) ega bo‘lmagan shaxslar tushib kelgani, kiyinish xonasi oldida akkreditatsiyaga (maxsus ruxsatnoma) ega bo‘lmagan ko‘plab shaxslar to‘plangani va ular orasida bolalar ham borligi, uchrashuv komissari tomonidan mezbon klub vakillaridan ushbu tartibsizlikni bartaraf etish bir necha bor so‘ralgani, biroq tartibsizliklar davom etgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 56, 69, 73, 77-moddalariga asosan «Navbahor» klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Shuningdek, ushbu bahsning 85-daqiqasida «Neftchi» futbolchisi Asilbek Jumayev hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Neftchi» futbolchisi Asilbek Jumayevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«So‘g‘diyona» — «Dinamo»

Superliga 27-turi doirasidagi o‘yin hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 59-daqiqasida «Dinamo» futbolchisi Edem Nemanov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Edem Nemanovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Lokomotiv» — «Paxtakor»

Superliga 28-turi doirasidagi o‘yin hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra bellashuvning 79-daqiqasida «Paxtakor» futbolchisi Zaid Tahsin hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Paxtakor» futbolchisi Zaid Tahsinga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Shuningdek, uchrashuvning 90+3-daqiqasida «Paxtakor» futbolchisi Ibrohim Ibragimov hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Ibrohim Ibragimovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Qo‘qon-1912» — «So‘g‘diyona»

Superliga 28-turi doirasidagi o‘yin hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra uchrashuvning 89-daqiqasida «Qo‘qon—1912» futbolchisi Toma Tabatadze hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Toma Tabatadzeга nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Dinamo» — «Bunyodkor»

Superliga 28-turi doirasidagi o‘yin hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra uchrashuvning 70-daqiqasida «Bunyodkor» futbolchisi Sardor Abdunabiyev hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Sardor Abdunabiyevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Shuningdek, bahsning 90+8-daqiqasida «Bunyodkor» futbolchisi Amir To‘raqulov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Amir To‘raqulovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Bellashuvning 90+8-daqiqasida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Ivan Boshkovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Qizilqum» — «Navbahor»

Superliga 27-turi doirasidagi o‘yin komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra bellashuvning 90+3-daqiqasida «Navbahor» futbolchisi O‘tkir Yusupov stadiondagi tomoshabinlarga qarata qo‘li bilan nomaqbul (uyatli) harakat qilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan O‘tkir Yusupovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin
», — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Andijon Andijon
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • Ko'proq ko'rsatish
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar