«Beshiktosh» (Turkiya) va «Hapoel» (Beer-Sheva, Isroil) jamoalari o‘rtasidagi Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvi stadion tribunalaridagi tartibsizliklar sababli 35 daqiqaga to‘xtatildi.
Turkiya rasmiylarining iltimosiga ko‘ra, Isroil jamoasi xavfsizligini ta’minlash kafolati bo‘lmagani sababli UEFA uchrashuvni Gruziyaga ko‘chirgan edi. Biroq o‘yin davomida turkiyalik muxlislardan biri Falastin bayrog‘ini ko‘tardi. Qo‘riqchilar bayroqni olib qo‘yishga uringanida, «Beshiktosh» muxlislari uni himoya qilish uchun aralashdi.
Muxlislar o‘rindiqlarni sug‘urib olib, Gruziya politsiyasi tomon uloqtirishdi. Bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.
Hisob 0:0 bo‘lib turganida, hakam 25-daqiqada bahsni to‘xtatdi.
Keyinroq o‘yin qayta davom ettirildi va Istanbul jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Beshiktosh» — «Hapoel» bahsida turkiyalik muxlislar va Gruziya politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi
Futbol
26 noyabr, 22:00
Hammasi qo‘riqchilarning turkiyalik muxlisdan Falastin bayrog‘ini olib qo‘yishga urinishidan boshlandi.
Foto: Getty Images
26.11.2026
FT
Yevropa ligasi
Besiktas
2
:
1
Hapoel Beer Sheva
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi