Live
5
O'zbek

Luis Enrike: «Biz standart vaziyatlarda eng yaxshi jamoamiz»

Futbol
27 noyabr, 11:00
«PSJ» bosh murabbiyi jamoasining himoya va hujumdagi ustun jihatlaridan biri haqida gapirdi.
Luis Enrike: «Biz standart vaziyatlarda eng yaxshi jamoamiz»
Foto: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 2 Roma Roma

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining standart vaziyatlarni ijro etishdagi natijalarini yuqori baholadi.

«Hozirda biz standart vaziyatlarda eng yaxshi jamoamiz. Ham himoyada, ham hujumda. Bu faxrlanishga arziydi. Umuman olganda, jamoamiz bilan bog‘liq barcha jihatlar meni quvontiradi. Gollarni himoyachilar, yarimhimoyachilar va hujumchilar birdek urayotgani juda yoqimli», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatining 11-turidan so‘ng «PSJ» 26 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Parij» 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» 28 noyabr kuni chempionat doirasida «Loryan»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da, 29 noyabrga o‘tar kechasi boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar