Live
6
O'zbek

Gasperini: «Enrike har doim ajoyib murabbiy bo‘lgan»

Futbol
26 noyabr, 08:15
«Roma» bosh murabbiyi Luis Enrikening futbol falsafasi va faoliyatiga yuqori baho berdi.
Gasperini: «Enrike har doim ajoyib murabbiy bo‘lgan»
Foto: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 2 Roma Roma

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini «PSJ» ustozi Luis Enrike haqida fikr bildirdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bahs yakunlanganidan so‘ng Enrike ushbu mavsum boshidan buyon eng qiyin bellashuvini o‘tkazganini aytdi.

«Biz ajoyib jamoaga qarshi o‘ynadik. Bu juda yaxshi bahs bo‘ldi. Yakuniy hushtakdan so‘ng Enrike bilan aynan shu haqda gaplashdik. Ushbu murabbiy barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U har doim ajoyib mutaxassis bo‘lgan va uning barcha jamoalari chiroyli futbol namoyish etgan», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi matbuot anjumanidagi bayonoti.

Ma’lumot uchun, 5-turdan so‘ng «Roma» besh ochko bilan turnir jadvalining 25-pog‘onasida bormoqda. «PSJ» esa 13 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda rimliklar o‘z maydonida Portugaliyaning «Sporting» klubini qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar