«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoaning imkoniyatlari va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
«Biz kuchli jamoamiz. Taslim bo‘lmaydigan, ushbu klub va libos uchun bor kuchini beradigan jamoadamiz. Menimcha, eng muhimi ham shu. Bu bizni ulkan maqsadlar sari yetaklashi mumkin», — deya italiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» APLning so‘nggi to‘rtta turida g‘alaba qozona olmadi. Enso Mareska boshqaruvidagi jamoa 11-turdan so‘ng 22 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda. «Shaharliklar» «Brayton» va «Arsenal»dan ortda qolmoqda.