Live
6
O'zbek

«Fenerbahche» Braun uchun tovon puli miqdorini belgilagan

Futbol
26 noyabr, 08:30
Angliyalik himoyachining shartnomasida 23 million yevrolik tovon puli bandi mavjud.
«Fenerbahche» Braun uchun tovon puli miqdorini belgilagan
Foto: Getty Images

«Fenerbahche» himoyachisi Archi Braunning shartnomasida uning transferi uchun 23 million yevro tovon puli belgilangan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda bir nechta klub 23 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Shartnomadagi tovon puli bandi qishki va yozgi transfer oynalarida ham amal qiladi. Shu sababli Braunning transferi yaqinlashib kelayotgan qishki transfer davridayoq amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Archi Braun «Fenerbahche» safida chap qanot himoyachisi sifatida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar