Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kiberhujumga uchradi. Bu haqda jurnalist Rob Xarris ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
«FIFA jinoiy kiberhujum qurboniga aylanganini ma’lum qildi. Hujum oqibatida shaxsiy va xizmat ma’lumotlarining cheklangan qismiga ruxsatsiz kirilgan. Tashkilot huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilmoqda», — deb yozadi Xarris.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA tashkilot prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etadigan uch nafar nomzod nomini e’lon qilgandi. Ular — Filipp Diallo, Kodzo Tashima va amaldagi prezident Janni Infantino.
Ma’lumot uchun, FIFA prezidentligi saylovi tashkilotning 2027 yil 18 mart kuni Marokashning Rabot shahrida o‘tkaziladigan 77-kongressida bo‘lib o‘tadi.