Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z maydonida OCHL 2 musobaqasi doirasida Bahraynning «Al Xaldiya» klubini qabul qildi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvni faol o‘tkazgan va yagona gol muallifiga aylangan yarim himoyachi Abbos G‘ulomov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
G‘ulomov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz uchun juda ham muhim o‘yin edi. Guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Buning uchun bizni faqat g‘alaba qoniqtirardi. Xudoga shukr, maqsadimizga erishdik.
- Boshqa jamoalarda ham o‘ynagansiz. Nimani yo‘qotgan edingiz-u, «Nasaf»ga kelib nimani topdingiz?
- Birinchi o‘rinda — yaxshi murabbiy. «Nasaf» qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar, yuqori o‘rinlar uchun kurashishining sababi murabbiy bilan bog‘liq. Chunki u doim o‘z oldiga ham, bizning oldimizga ham yuqori maqsadlar qo‘yadi. Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q.
- Oxirgi daqiqada raqib to‘pni oyog‘i bilan darvozabonga tashlab berdi. Bu vaziyatga munosabatingiz qanday?
- Shu vaziyatga yaqinroq turgandim. Menimcha, to‘pni oyoqda berganga o‘xshadi. Qarorni baribir hakam chiqaradi. Hakamning qarori to‘g‘ri. Asosiysi, g‘alaba qozondik», - deya Abbos G‘ulomovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Abbos G‘ulomov: «Nasaf» qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar, yuqori o‘rinlar uchun kurashishining sababi murabbiy bilan bog‘liq»
Eksklyuziv
26 noyabr, 08:25
G‘ulomov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Фото: Насаф ПФК
25.11.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Nasaf Qarshi
1
:
0
Al Khalidiyah