Superliganing 28-turi doirasida «Nasaf» o‘z maydonida «Mash’al»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdagi hisob 78-daqiqada Yusuf Otubanjo tomonidan ochildi. 90+3-daqiqada esa Adenis Shala qarshiliklarning ikkinchi golini kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» ochkolari sonini 48 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» esa 5 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qolmoqda. Muborakliklar avvalroq Superligani tark etishi ma’lum bo‘lgandi.
Superliga. 28-tur
Nasaf — Mash’al 2:0
Gollar: Otubanjo 78, Shala 90+3.|
Ogohlantirishlar: Rustamov 56, Ifeani 81.
Nasaf: Ne’matov, Komilov (Murtazoyev, 46), Davronov, G‘aybullayev, Gudushauri (Otubanjo, 46), Rustamov (Eshmurodov, 79), Rahmatov, Abdirahmatov (Abdunazarov, 79), Muhitdinov, Shala, Abduxoliqov.
Mash’al: Rusanov, Boshnyak (Parmonqulov, 65), Asqarov, To‘xtasinov, Ismoilov (Ko‘charov, 82), Akramov, Rahimov, G‘anixonov (Tojiddinov, 12), Ifeani (Jovliyev, 82), Abduraimov, Murtozayev (Yarashev, 46).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi