«Real» futbolchilari va murabbiylar shtabi vinger Vinisius Juniorning eng yaxshi sport formasiga qaytishiga yordam berish uchun birlashgan. Bu haqda AS nashriga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinio braziliyalik futbolchining rivojlanishini ustuvor vazifalardan biri deb biladi. Mutaxassis Vinisius bilan muntazam suhbatlashib, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklashga yordam bermoqda.
Klubga yaqin manbalardan biri murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatni quyidagicha ta’riflagan:
«Zarur bo‘lganda unga qattiqqo‘llik qiladi, Vinisiusga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lganida esa mehribonlik ko‘rsatadi. U futbolchi uchun otadek», — deyiladi xabarda.
Braziliyalik futbolchini jamoadoshlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi bahsda Vinisius avgust oyidan beri ilk bor gol urdi.
Eslatib o'tamiz, o‘yindan so‘ng «Real» sardori Kilian Mbappe jamoadoshlarini braziliyalik futbolchini quchoqlashga chaqirdi. Shuningdek, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun berilgan sovrinini Vinisiusga topshirdi.