Live
6
O'zbek

Gullit: «Mbappe «Oltin to‘p»ni nega olmaganiga izoh kerak»

Futbol
26 noyabr, 07:50
Niderlandiyalik sobiq futbolchi fransiyalik hujumchining hozirgacha ushbu sovrinni qo‘lga kiritmaganidan hayratda.
Gullit: «Mbappe «Oltin to‘p»ni nega olmaganiga izoh kerak»
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ruud Gullit Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening hozirgacha «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritmaganiga munosabat bildirdi.

«Kilian Mbappe kelasi oy 28 yoshga to‘ladi, ammo uning hanuzgacha birorta ham «Oltin to‘p»i yo‘q. Bu qanday bo‘lishi mumkin?! Buning izohini eshitishni istayman. Chunki bu yigit har yili yirik musobaqalarning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelmoqda», — deya Gullitning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Ruud Gullit 1987 yilda «Milan» safida to‘p tepgan vaqtida «Oltin to‘p» sohibiga aylangan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga nasib etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar