«Arsenal» himoyachisi va Italiya milliy jamoasi futbolchisi Rikkardo Kalafiori London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta qo‘l ostida ishlash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menimcha, Arteta meni shaxs sifatida haqiqatan ham tushundi, men ham uni angladim. U juda talabchan. Har kuni, har bir mashg‘ulotda va har bir o‘yinda. Biroq oxir-oqibat uning talablarini bajarasiz va bu to‘g‘ri yo‘l ekanini tushunasiz. U menga ham shaxs sifatida, ham futbolchi sifatida har tomonlama yaxshilanishimga yordam berdi», — deya Kalafiorining so‘zlarini keltiradi GQ Italia nashri.
Eslatib o'tamiz, Mikel Arteta 2019 yildan buyon «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida ispaniyalik mutaxassis jamoa bilan Angliya chempionligi, Angliya kubogi va uchta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» APL turnir jadvalida 11-turdan so‘ng 28 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.