Live
5
O'zbek

«Bavariya» Musialaning jarohati haqida rasmiy bayonot berdi

Futbol
27 noyabr, 12:45
Germaniya klubi yarimhimoyachining o‘ng son mushagidan jarohat olganini ma’lum qildi.
«Bavariya» Musialaning jarohati haqida rasmiy bayonot berdi
Foto: Getty Images
28.11.2026, 09:30 Bundesliga Germaniya Hamburg Hamburg - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» klubi yarimhimoyachi Jamal Musialaning salomatligi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Myunxenliklar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, juma kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan 23 yoshli futbolchining o‘ng son mushagida jarohat aniqlangan.

Avvalroq jurnalist Kerri Xau yarimhimoyachi 4–6 hafta davomida maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Musiala 20 noyabr kuni «Kyoln»ga qarshi Bundesliga bahsidan (2:0) keyin o‘zini yaxshi his qilmagan. Shunga qaramay, u 25 noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida «Lill»ga qarshi bellashuvda ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hamburg Hamburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar