UEFA Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Marsel» — «Levski» (1:0) hamda «Beshiktosh» — «Xapoel» (2:1) bahslari davomida yuz bergan tartibsizliklar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Marsel» va «Levski» muxlislari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 10 nafardan ortiq bolgariyalik fanat jabrlangan. «Beshiktosh» — «Xapoel» bahsida esa stadion xavfsizlik xizmati turkiyalik muxlisdan Falastin bayrog‘ini olib qo‘yishga uringan. Boshqa muxlislar unga yordamga kelganidan so‘ng mojaro kelib chiqqan va politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
«UEFA Yevropa Ligasi bahslarida, jumladan, stadiondagi muxlislar to‘qnashuvlari bilan bog‘liq jiddiy zo‘ravonlik va tartibsizlik holatlarini keskin qoralaydi.
Zo‘ravonlik, tajovuz, nafrat, shuningdek, provokatsion, kamsituvchi yoki ekstremistik xatti-harakatlarning har qanday ko‘rinishi futbolda mutlaqo qabul qilinmaydi. UEFA musobaqalari hurmat, halol o‘yin, birlik va xavfsizlik tamoyillariga asoslanadi. Qayd etilgan bahslardagi voqealar ushbu asosiy qadriyatlarga zid.
UEFA reglamentga muvofiq, hodisalar yuzasidan intizomiy tekshiruv o‘tkazish, mavjud dalillarni o‘rganish hamda voqealarning holatlari va tafsilotlarini aniqlash uchun etika va intizom masalalari bo‘yicha inspektorlarni tayinladi», — deyiladi tashkilot bayonotida.