Live
5
O'zbek

Arteta Mareska haqida iliq fikr bildirdi

Futbol
27 noyabr, 13:10
«Arsenal» ustozi bo‘lajak raqibi bilan shaxsan tanish ekanini ta’kidladi.
Arteta Mareska haqida iliq fikr bildirdi
Foto: Getty Images
29.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» ustozi Enso Mareska haqida fikr bildirdi. Ikki jamoa yakshanba kuni APL doirasida o‘zaro bahs olib boradi.

«Men Ensoni shaxsan taniyman — u ajoyib inson. U futbol bilan yashaydi, tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega. Mareska futbolchi sifatida ham yaxshi edi, hozir esa murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. U haqidagi taassurotlarim faqat ijobiy», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Gazeta.ru.

«Arsenal» — «Manchester Siti» bahsi 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» APL turnir jadvalida 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» esa 22 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar