Live
5
O'zbek

«Barselona», «Bavariya» va «Arsenal» Tresoldiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
27 noyabr, 06:30
Yevropaning bir qator top-klublari «Bryugge» hujumchisini uzoq muddatli loyiha uchun tarkibga qo‘shishni ko‘zlamoqda.
«Barselona», «Bavariya» va «Arsenal» Tresoldiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Bryugge» hujumchisi Nikolo Tresoldi Yevropaning top-klublari e’tiborida qolmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona», «Bavariya», «Arsenal» va «Milan» 22 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatmoqda. Klublar uni hujum chizig‘ini uzoq muddatga kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Belgiyalik klub esa 70 million yevrodan kam takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

Tresoldi ushbu mavsum Belgiya chempionatida 12 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Arsenal Arsenal
  • Club Brugge Club Brugge
Bugungi yangiliklar