Live
5
O'zbek

Superliga. «Xorazm» safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Futbol
27 noyabr, 08:55
    29
Urganchliklar Rafael Tavareshning dubli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Superliga. «Xorazm» safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi
Foto: Qo'qon-1912

O‘zbekiston Superligasining 29-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Xorazm»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 60-daqiqasida Rafael Tavaresh hisobni ochdi. 80-daqiqada esa Maksim Shiryaev uzatmasidan so‘ng yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Xorazm» 30 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 24 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Superliga. 29-tur
Qo‘qon-1912 — Xorazm 0:2
Gollar:
Tavaresh 60, 80.
Ogohlantirishlar: Hamidjonov 51, Toshtemirov 65, Axrorov 71, Tabatadze 90+2.

Qo‘qon-1912: Davronov, Toshtemirov (Akramov, 75), Yoqubov, Gvazava (Sidiqov, 68), Husanov (Tabatadze, 75), Nimeli, Sohibjonov (Gadoyev, 68), Pazildinov, Malikjonov, Giorgadze, O‘ktamov (Hasanov, 68).
Xorazm: Ergashev, Otaxonov, Muzaffarov (Abduxoliqov, 90+2), Azimov (Abduhamidov, 46), Tavaresh (Sultonov, 90+2), Ortiqboyev, Hamidjonov (Shiryaev, 75), Rom, Pirmuhammadov, Axrorov, Sabino (Bekchanov, 82).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

29 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar