«Real» klubi rasmiy sayti Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Brahim Dias bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Yangi kelishuv 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Dias ushbu mavsum barcha musobaqalarda «Real» safida 10 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Brahim Dias «Malaga» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Real»ga o‘tishidan avval «Manchester Siti» safida o‘ynagan. Madrid klubiga qo‘shilganidan keyin esa ijara asosida «Milan» sharafini himoya qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi