«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Erling Holandning kelajagi va «Real» hujum chizig‘idagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Erling Holand ko‘pi bilan 18 oy ichida «Real» futbolchisiga aylanishiga mutlaqo ishonaman. Ehtimol, bu ushbu mavsum yakunlanganidan keyin sodir bo‘lar.
Menimcha, Vinisius «Real»ni tark etadi, Mbappe chap qanotga o‘tadi, Holand esa Madrid jamoasining markaziy hujumchisiga aylanadi», — dedi Nevill The Overlap podkastida.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Holandning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan.