Live
5
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: «Mavsum davomidagi charchoq o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda»

Eksklyuziv
27 noyabr, 10:25
Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Aleksandr Xomyakov: «Mavsum davomidagi charchoq o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda»
Фото: Бухоро ПФК

«Buxoro» klubi o‘z uyida autsayder «Mash’al» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab qo‘ydi. Ushbu uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida shunday dedi:

- Albatta, g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Mavsumning so‘nggi uchrashuvlarida yaxshi natija qayd etishni istagandik. Ammo, afsuski, juda erta taslim bo‘ldik. Qandaydir ma’noda, o‘yin davomida o‘zimizni oqlashga harakat qildik. Lekin, afsuski, bugungi uchrashuvda buning uddasidan chiqa olmadik.

- Umuman olganda, mavsum davomida jamoada ma’lum qiyinchiliklar to‘planib qolgandek taassurot bor. Bu holat futbolchilarning ruhiy va jismoniy holatiga ham ta’sir qildimi?

- Ha, mavsum davomida turli qiyinchiliklar to‘plandi. Kimlargadir uyda o‘ynash osonroq, kimlargadir safarda. Lekin mavsum davomida oson bo‘lmadi. Bu qiyinchiliklarning barchasini yaxshi bilamiz. Jamoadagi vaziyatni ham tushunamiz. Futbolchilarni ruhlantirish, ularda yana g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish har doim ham oson kechmayapti. O‘yinlar ko‘pligi va mavsum davomidagi charchoq ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Umid qilamanki, keyingi, ya’ni mavsumdagi so‘nggi o‘yinimiz biz uchun ancha muvaffaqiyatli kechadi», - deya Aleksandr Andreyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Mashal Mashal
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar